«Milan»ning Li Yonxong rahbarligidagi xitoyliklar va amerikaliklar konsorsiumiga (Sport Investment Lux) sotilişi jarayoni yakunlandi. Bu haqda Football Italia xabar tarqatdi.
13 aprel kuni ötkazilgan uçraşuvda endilikda «Milan»ning sobiq xöjayini Silvio Berluskoni klub aksiyalarining 99,93 foizini sotgan. Savdoning umumiy qiymati 740 mln yevroga baholangan. Bu mablağning 220 million yevrosi klub qarzlarini yopiş uçun, yana 90 million yevro Fininvest kompaniyasiga kelişuv tuzilişi keçiktirilgani uçun ajratiladi. Kelişuv 2016 yil avgustida tuzilgan ammo xitoyliklar pulni ötkazib berişni ortga surib kelayotgandi.
Silvio Berluskoni «Milan»ni 1986 yilning fevralidan buyon boşqarib keldi. Berluskonining 31 yildan iborat davrida rossonerilar 29ta sovrin qölga kiritgan: jamoa 8 marta Italiya çempionatida, bir marta Italiya Kubogi finalida, 7 marta Italiya Superkubogida ğolib çiqdi. Şuningdek, jamoa Çempionlar Ligasida 5 marta, UYeFA Superkubogida 5 marta, Qit'alararo Kubokda ikki marta va klublar örtasidagi jahon çempionatida ğalaba qozongan.












