Turkiya boş vaziri Binali Yildirim 16 aprel kungi referendumga kiritilgan konstitutsiyaviy özgarişlar mamlakatning federativ tizimga ötişiga olib kelsa, iste'foga çiqişini bildirdi. 

"Boşqa narsani öylab topa olmayotganlar, endilikda, Turkiya referendum natijasida unitar tizimdan voz keçadi, degan gapni aytib yurişibdi. Ya'ni, ularga köra, markaziy hukumat bilan birga köplab mitti hukumatçalar ham bölar ekan. Mana boş hukumat, uning yonida Könya hukumati. Bunday bölişi mumkinmi? Agar şunday (federativ) tizim paydo bölsa, partiya rahbari va boş vazir sifatida şu ondayoq iste'foga çiqaman", — degan Yildirim Anqaradagi mitingda. 

Uning qöşimça qilişiça, boşqaruvning federativ usuliga ötiş, mamlakat janubi-şarqidagi kurdlar istqomat qiladigan hududlarning ayirmaçilik kayfiyati e'tiborga olinsa, xavflidir. 

Eslatib ötamiz, kelayotgan yakşanba, 16 aprel kuni Turkiyada mamlakat konstitutsiyasiga özgartiş kiritiş böyiça umumxalq referendumi bölib ötadi. Unda parlamentlik respublikasini prezidentlik respublikasiga aylantiriş masalasi hal etiladi.