AQŞdagi Massaçusets texnologik instituti olimlari havodan toza suv olişga imkon beruvçi qurilma yaratdilar. Uşbu ixtiroga bağişlangan maqola Science jurnalida çop etildi.

Qurilma havo nisbiy namligi 20 foiz va undan yuqoriroq bölganda suv bera oladi. Buning uçun u quyoş nuridan foydalanadi. Qurilma negizida çangsimon holatgaça maydalangan metalloorganik karkas strukturalardan foydalaniş yotadi. Uşbu strukturalar Berklidagi Kaliforniya universitetida yaratilgan.

Qurilma quyidagiça işlaydi: havodagi suv uşbu çang sirti bilan boğlanadi, söngra quyoş nuri ta'sirida buğlanib, kondensatorga çökadi. Sinovlarning körsatişiça, namlik 20-30 foiz bölganda qurilma 12 soat içida 3 litrgaça suv yiğa oladi.