Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 18 oktabr kuni Toşkentda ötkazilgan Islom hamkorlik taşkiloti Taşqi işlar vazirlari kengaşining 43-sessiyasi oçiliş marosimida Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoşida islom madaniyati, umumbaşariy sivilizatsiya rivojiga benazir hissa qöşgan buyuk ajdodlarimizning köp qirrali boy merosini örganişga ixtisoslaşgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.
Prezident mazkur markaz qurilişi loyihasi bilan tanişdi.
Markaz Imom Buxoriy va boşqa mutafakkir allomalarimizning bebaho ilmiy-ma'naviy merosini örganiş, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini naşr etiş, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qölyozmalarning elektron nusxalarini töplaş, ularni xalqimiz va jahon jamoatçiligiga yetkaziş bilan şuğullanadi.
Bugungi kunda Imom Buxoriy majmuasi yonidan joy ajratilib, markazni quriş böyiça loyiha işlab çiqildi.
Prezident mazkur xalqaro markazning mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratdi. Bu muassasada islom madaniyati tarğibotini yölga qöyiş böyiça kompleks yondaşuv işlab çiqiş kerakligini ta'kidladi. Bino xonalarida buyuk allomalarimizning ruhi, ma'naviy kuç-qudrati va salohiyati namoyon bölib turişi, buning uçun har bir xonani muayyan alloma nomi bilan ataş va şunga yaraşa jihozlaş zarurligini qayd etdi.
Yangi markazda allomalarimizning bebaho merosini örganişda öziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, uluğ faqihlar Burhoniddin Marğinoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Al-Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlarimiz boy merosini alohida-alohida örganiş va ilmning şu sohalari böyiça mukammal bilimga ega bölgan yetuk mutaxassislar tayyorlaşni yölga qöyiş kerakligi qayd etildi.
Şavkat Mirziyoyev olimlar va ulamolar bilan suhbatda uşbu markazda tadqiqotçilarga Qur'oni karim oyatlarini qiroat bilan öqiş, töğri talaffuz etiş, arab imlosida yoziş – kalligrafiya böyiça mamlakatimiz yetakçi olimlari darslarini yölga qöyiş, xorijlik tadqiqotçilar uçun stajirovkalar ta'sis etiş haqida sözladi.
Uçraşuvda Buxorodagi Mir Arab madrasasining ham qadimgi mavqeini tiklaş zarurligi körsatib ötildi. Uning binosini ta'mirlaş va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlaş böyiça topşiriqlar berildi.












