Davlat rahbari "Tarix muzeyi" bekatidan "Temir yo‘l vokzali" bekatigacha viloyat faollari bilan birga tramvayda keldi. Muloqot chog‘ida mamlakat hududlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratilayotgan e'tibor haqida so‘z bordi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa Samarqand shahrida yo‘lga chiqqan ilk tramvayning ortidan mamlakat rahbariyati korteji kelayotgani aks etgan videolavha taqdim etilgan.











