"Arsenal" boş murabbiyi Arsen Venger klub rahbariyatining jamoa futbolçisi Aleksis Sançesga haftasiga 300 ming funt sterling maoşli yangi şartnoma taklif qilganidan norozi böldi. 

"Menga uning talablariga rozi bölişimni maslahat berişadi. U holda biz klubning amaldagi maoşlar tuzilmasini saqlab qola olmaymiz va özimizga katta muammolar orttirib olamiz. Asosiy futbolçilar katta ahamiyatga ega ekanini bilaman, biroq ularga ham özimiz kötara olmaydigan maoşni bera olmaymiz", – dedi Venger. 

Ma'lumot uçun, Sançes amaldagi şartnomasiga köra "Arsenal"da haftasiga 130 ming funt maoş oladi. Klubning eng katta maoş olidang futbolçisi Mesut Özil bölib, u haftasiga 140 ming funt topadi.