17 aprelda Boltiqböyi respublikasi Latviyada NATOning Summer Shield harbiy maşğulotlari boşlanadi va 30 aprelgaça davom etadi. Unda 1,2 mingdan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etadi. Ularning 200dan ortiği Estoniya askarlaridir, deya ma'lum qilgan Estoniya mudofaa kuçlari Boş ştabi. 

"200dan ortiq estoniyalik harbiy xizmatçilar 17-30 aprel kunlari Latviyaning Adaji poligonida bölib ötadigan NATOning Summer Shield maşğulotida qatnaşadi", — deyiladi xabarda. 

Summer Shield harbiy-öquv maşğulotlarida Latviya, Litva, Estoniya, AQŞ, Kanada, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Bolgariya, Ruminiya, Slovakiya, Germaniya va Şvetsiya harbiylari qatnaşadi. 

Unda artilleriya aslahalaridan zarba beriş, havo mudofaasi va razvedka, ommaviy qirğin qurollariga qarşi harakat, tanklargaqarşi mudofaa hamda harbiy muhandislar amaliyotlari böyiça könikmalar hosil qilinadi. 

Summer Shield maşğulotlari Latviyada 2004 yildan beri ötkazib kelinadi. 2014 yildan u alyansning barça a'zolari uçun oçiqdir. 2016 yilgi maşğulotlarda 1,3 mingdan ortiq harbiy xizmatçi iştirok etgan.