O‘tgan juma kuni Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) KXDRga reyslarni amalga oshiruvchi yagona xorijiy kompaniya bo‘lgan Air China 17 apreldan Pxenyan bilan aviaaloqani to‘xtatib turishi xabar qilingandi. Ta'kidlash joizki, kompaniya aviachiptalarga bo‘lgan talab tufayli Pekin-Pxenyan reysini vaqtinchalik to‘xtatadi.
Shuningdek Air China'da kelgusida Pxenyanga amalga oshiriladigan reyslar chiptalar sotuvidan kelib chiqib tashkillashtirilishi ta'kidlandi.
CCTV ma'lumotlariga ko‘ra, Air China KXDRga reyslarini 2008 yildan beri amalga oshirib keladi. Pekin-Pxenyan reyslari har dushanba, chorshanba va juma kunlari Boeing 737 avialaynerida amalga oshiriladi.











