Toşkentning «Paxtakor» klubini ikkinçi davradan boşlab xorijlik murabbiy boşqarib borişi mumkin. Bu haqda Şampionat.asia xabar tarqatdi.
Manbaga köra, jamoaning bugungi murabbiylar ştabiga «Şörtan» va «Lokomotiv» bilan bölib ötadigan öyinda maksimal, 6 oçko oliş vazifa etib qöyilgandi, biroq toşkentliklar Ğuzorda yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
«Paxtakor» jamoasining yangi rahbariyati, keyingi iş faoliyatini Yevropa klublariga öxşatib olib borişni maqsad qilayapti. Endilikda qarorlarni bir kişi emas, direktorlar kengaşi qabul qiladi. Bunday uslub allaqaçon Yevropada muvaffaqiyatli tarzda qöllanilib kelinayapti», deyiladi xabarda.
Şu kunga qadar qarorlarni qabul qilib kelgan bir kişi kim ekaniga oydinlik kiritilmagan.
Ayni paytda jamoa Yevropaning bir qator davlatlaridan, şuningdek Braziliyadan öziga mos bölgan murabbiy qidirişni boşlab yubordi.
Bundan taşqari ikkinçi davrada jamoa safini sifatli legionerlar bilan kuçaytirilişi rejalaştirilayapti. Buning uçun «Paxtakor» birinçi davrada maksimal oçkolarni öz ğaznasiga jamlab olişi va ikkinçi davrada OÇL yöllanmasini uçun kuraş olib borişi kerak.
Eslatib ötamiz, oldinroq jamoani rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov sotib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinroq «Paxtakor» rasmiy tvitteri orqali bu xabarni inkor qilib çiqqan.











