Toşkent şaxrining Yakkasaroy tumanida noma'lum şaxs Bobur köçasida joylaşgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989 yilda tuğilgan fuqaroning “Spark” rusumli avtomaşinasining orqa örindiğida turgan, içida 7.600.000 söm puli bölgan tselofan paketini olib, voqea joyidan yaşiringan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar organlari xodimlarining tezkorlikda körgan çoralari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, Sergeli tumanida yaşovçi, 1983 yil va 1994 yilda tuğilgan ikki nafar şaxs qölga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Agarda “Spark” egasi avtomaşinasini qarovsiz qoldirmay, huşyorroq bölganida mazkur jinoyat jabrdiydasiga aylanmagan bölar edi. Yaxşiyamki, uning baxtiga jinoyat tezkorlik bilan foş etilib, pullari öziga qaytarildi.












