«Arsenal» klubi Angliya çempionatining 33-turi doirasida «Midlsbro» bilan keçgan öyinda ğalaba qozondi. Bahs Midlsbrodagi «Riversayd» stadionida bölib ötdi hamda 1:2 hisobida yakunlandi.

Birinçi bölim oxirlarida Aleksis Sançes standart vaziyatdan aniq foydalanib, «kanonirlarni» hisobda oldinga olib çiqdi. Ikkinçi bölim boşlarida Alvaro Negredo hisobni tenglaştirdi, biroq 71-daqiqada Mesut Özil London jamoasining ikkinçi töpini kiritdi hamda öz klubiga ğalaba keltirdi.

«Arsenal» 57 oçko jamğardi va APL turnir jadvalida oltinçi öringa kötarilib oldi. «Midlsbro» (24) 19-poğonada.

Midlsbro – Arsenal 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 42 Sançes, 1:1 – 50 Negredo, 1:2 – 71 Özil.
Midlsbro – Gyuzan, Barragan, Ayyala, Gibson, Fabio (Frend, 17), Kleyton, de Ron (Jyested, 79), Lidbitter, Dauning, Negredo, Ramires (Traore, 68).
Arsenal – Çex, Gabriel, Koselni, Holding, Oksleyd-Çemberlen, Remzi, Çaka, Monreal, Özil (Bellerin, 90), Sançes (Koklen, 90), Jiru.
Ogohlantirişlar: Oksleyd-Çemberlen (4), Lidbitter (7), Gabriel (43), Jyested (82).