Turkiya boş vaziri Binali Yildirim muxolifatni referendum natijalarini tan olişga çaqirdi. Şu bilan birga u referendumning rasmiy natijalari e'lon qilinganidan keyin Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) prezident Erdöğanni öz safiga taklif qilişini ta'kidladi. Bu haqida Daily Sabah naşri xabar berdi. 

Yildirim öz partiyasining parlament guruhi majlisida iştirok etar ekan, Turkiya bundan buyon faqat oldinga qadam taşlaşini ma'lum qildi. U muxolifatni xalq xohişini hurmat qilişga çaqirdi. U turk xalqi referendumda öz tanlovini amalga oşirib bölgani va debatlar tugaganini qayd etdi. 

"ATP rasmiy natijalar e'lon qilinganidan keyin öz asosçisi (Rajab Toyyib Erdöğan)ni partiyaga qaytişga taklif qiladi", - dedi Yildirim. 

Yakşanba kungi referendum Erdöğan prezidentlik boşqaruvi tarafdorlarining 51,41 foizlik ğalabasiga olib keldi.