Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan YeXHT "öz örnini bilişi" kerakligiga işora qildi. Associated Press agentligi şu haqida xabar berdi.
"Birinçidan, öz örningizni biling! Biz siz tayyorlagan siyosiy motivlangan hisobotlaringizga quloq tutmaymiz", - deydi Erdöğan.
Gap şundaki, YeHHTning demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi Turkiyadagi referendumning Yevropa Kengaşi standartlariga muvofiq bölmaganini aytişgan. Xalqaro kuzatuvçilar referendumning texnik tomoni yaxşi taşkillaştirilgan, biroq saylovçilarga islohotlarning asosiy qoidalari haqidagi xolis ma'lumotlar taqdim etilmagan, degan xulosaga kelişgan.
Turkiyada bölib ötgan referendumda konstitutsiyaga tuzatiş kiritiş tarafdorlari ğolib böldi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 51,3 foiz fuqaro respublika konstitutsiyasiga özgarişlar kiritiş uçun ovoz bergan. Konstitutsion özgarişlar, xususan, Turkiyada parlament boşqaruvidan prezidentlik boşqaruv şakliga ötişni közda tutadi. Boş vazir lavozimi bekor qilinadi, prezident vitse-prezident, vazirlar, sudya va prokurorlar Kollegiyasi a'zolarining bir qismini tayinlaş huquqiga ega böladi.












