Rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarşi jamğarmasi muxolifatçi rossiyalik milliarder Alişer Usmonov öziga "U sizga Dimon emas" filmida qöyilgan ayblovlarga bergan izohlarida haqiqatga töğri kelmaydigan faktlar borligini ma'lum qilgan videorolikni çiqardi.
Avvalroq Usmonov öziga tegişli, uyi bor yer maydonining göyoki Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev bilan boğlangan "Sotsgosproyekt" xayriya jamğarmasiga berilişini uning qarorgohiga birikkan boşqa bir maydonga ayirboşlangani bilan tuşuntirgandi.
Navalniy esa buning inkori sifatida Rosreyestrdan ma'lumotlar keltirib ötgan. Ularga köra, jamğarma yuqoridagi bitimda iştirok etmagan, Usmonov aytayotgan yer maydoni esa tijorat firmasidan oldi-sotdi şartnomasi bilan xarid qilingan. Bundan taşqari, Navalniy videoda Usmonovning qarorgohining drondan olingan tasvirini tomoşabinlarga namoyiş qilgan.

Navalniy, şuningdek, jamğarmaga berilgan yer maydonida uy qurilişi bilan birga uning yonida kiçkina pravoslav ibodatxonasi qurilayotgan bölganiga e'tibor qaratgan. U bunday xulosaga quruvçilar tomonidan "VKontakte" ijtimoiy tarmoğida çop etilgan suratlar asosida kelgan. Usmonov esa islom diniga e'tiqod qiladi.

Usmanovga tegişli USM xoldingi matbuot xizmatida Navalniyning ayblovlariga izoh berildi.
"Navalniy har doimgidek böhton ağdarmoqda. U tiyila olmay, Alişer Usmonov Şveytsariya rezidenti ekanligi va Rossiyaga soliq tölamasligini aytib, yana yolğon sözladi", deyilgan xabarda.
Xolding matbuot xizmatida "Sotsgosproyekt"ga yer maydoni berilişi böyiça bitim batafsil izohlab berilgani qöşimça qilindi.











