Avtoişlab çiqaruvçilar bölmiş Qozoğiston va Özbekiston nafaqat raqobatçilar, balkim hamkorlar bölişi ham mumkin. Qozoğistondagi OAVda har ikki mamlakat avtosanoati soliştirilib, ayni paytdagi vaziyat va istiqbollar haqida fikr yuritildi.

Markaziy Osiyoda avtomobil sanoati Qozoğiston va Özbekistonda mavjud. Şu sababli Osiyo bozorlari uçun asosiy kuraş mintaqaning şu ikki davlati örtasida bölib ötadi. Respublikalardagi bu soha neçoğlik muvaffaqiyatli ekanligi örganişga loyiq masala. Boz ustiga, Toşkentga ham, Ostonaga ham bu sohada bir biriga körsatişi mumkin bölgan narsalar bisyor.

Özbekiston avtosanoatidan nimalarni örganiş mumkin?

Birinçidan — uzoq muddatli rejalaştiriş omili. Özbekistonda avtomobilsozlik sanoati özi alohida soha qilib ajratilgan va strategik muhim soha statusiga ega. Şu sababli Toşkent bugun avtomobilsozlik sanoatini 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasini amalga oşirmoqda.

Qozoğistonda avtosanoat yanada keng miqyosli loyihalarga integratsiya qilingan. Agar u avvaliga 2010–2014 yillarda maşinasozlikni riavojlaştiriş Dasturi doirasida rivojlangan bölsa, keyinçalik jarayon 2015 yilgaça bölgan Transport strategiyasi, ya'ni nafaqat avtomobilsozlik, şuningdek, temir yöl, şahar, yölovçi, havo va suv transportlarini qamrab olgan loyihani hisobga olib, rivojlana boşladi. Şundan söng avtomobilsozlik sanoati Qozoğiston Respublikasini 2015–2019 yillarda sanoat-innovatsion rivojlantiriş dasturiga bir element sifatida qöşildi.

Ikkinçidan — işlab çiqarişni mahalliylaştiriş (lokalizatsiya) darajasining pastligi. Özbekistonda avtomobil butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçi önlab korxonalar tuzilgan. Bugungi kunda detallarning 60 foizga yaqini mamlakat içida tayyorlanmoqda, Qozoğistonda esa bu körsatkiç 2 barobar kam — 33 foiz.

Bugun Özbekiston avtomobilsozlik sohasi "Özavtosanoat" AJ tarkibiga kiruvçi 200 dan ziyod korxona va taşkilotlarni qamrab olgan. Bundan taşqari, kompaniya tarkibiga butlovçi qismlar işlab çiqaruvçi 25 ta yirik  va 160 dan ziyod mayda işlab çiqaruvçilar kiradi.

Uçinçidan — avtosanoatning turdoş sohalarga ijobiy ta'siri. Ma'lumki, avtomobilsozlikning rivojlanişi iqtisodiyotning boşqa sohalariga multiplikativ ta'sir ötkazadi. Masalan, avtomobil sanoatida birgina yangi işçi örinining yaratilişi turdoş sohalarda 3 tadan 11 tagaça yangi işçi örinlarining yaratilişiga sabab böladi. Gap metallurgiya, kimyoviy, tekstil sanoatlari, şuningdek, ehtiyot qismlari işlab çiqariş, transport va xizmat sohasi haqida bormoqda.