22-24 aprel kunlari Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Mintaqaviy ekologik sammit (RES) bölib ötadi. Bu haqda Qozoğiston Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligiga tayanib AP xabar berdi.

Sammitda mintaqa mamlakatlarining davlat organlari, xalqaro taşkilotlar, rivojlaniş institutlari, ekspertlar hamjamiyati, biznes va fuqarolik jamiyatidan 1,5 mingga yaqin iştirokçi qatnaşadi.

Sammit yalpi sessiyasida Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston, Armaniston, Möğuliston prezidentlari va boşqa yuqori darajadagi şaxslar nutq sözlaşi kutilmoqda.

Forum BMT bilan hamkorlikda iqlim va ekologiya muammolariga mintaqaviy yeçimlarni işlab çiqişga qaratilgan.

RES-2026 bir qator asosiy hamkorlar, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT), Qayta tiklanadigan energiya böyiça xalqaro agentlik (IRENA), Xalqaro energetika agentligi (IEA) va boşqa global va mintaqaviy institutlar tomonidan qöllab-quvvatlanadi.

Sammit iqlim va ekologik tahdidlar, jumladan, ekologik tanazzulning global ramziga aylangan Orol dengizi fojiasi va Kaspiy dengizi sathining pasayişi davom etayotganiga mintaqaviy yondaşuvni aks ettiruvçi kelişilgan va amaliy yönaltirilgan yeçimlar va mexanizmlarni işlab çiqişga qaratilgan.

Markaziy Osiyoning «yaşil» moliyalaştirişga bölgan haqiqiy ehtiyojlarini aniqlaş, moslaşiş çoralarini qöllab-quvvatlaş, kam uglerodli texnologiyalarni rivojlantiriş va mintaqaviy ekologik barqarorlikni mustahkamlaş muhim ustuvor yönalişlar hisoblanadi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ekologiya va barqaror rivojlaniş sohasida mintaqaviy hamkorlik töğrisidagi qöşma deklaratsiyasi qabul qilinişi, şuningdek, BMT agentliklari bilan birgalikda Markaziy Osiyoning barqaror kelajagi uçun mintaqaviy harakatlar dasturi (2026-2030) tasdiqlanişi kutilmoqda.

Bundan taşqari, forumning asosiy yönalişlari böyiça yangi ekologik loyihalar va taşabbuslarni işga tuşiriş rejalaştirilgan.