2017 yilning 7 aprelida maşhur kinoaktyor Jyeki Çan 63 yoşga töldi. Uning ijod yöli 1970-yillarda boşlangan. Öşandan beri u filmlarda murakkab tryuklarni özi bajarib keladi. Şunday bölsa-da, u hayotdan zavq olib yaşaydigan, ğayratli aktyorligiça qolgan. Bugun yuzlab odamlar xitoylik aktyorga baxtli bolalik uçun minnatdorçilik bildirişadi.
Hayotning ilk yillari va aktyorlik faoliyati
Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan söng, 1945 yilning sentabrida xitoylik Çarlz Çin Mudofaa vazirligi tomonidan ayğoqçi sifatida yollangan. Erkak bunga parallel ravişda afyun (opium) tarqatiş bilan şuğullanuvçi mahalliy mafiya bilan hamkorlik qilgan. Reydlardan birida u qora bozorda giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi bölğusi turmuş örtoği Lili bilan tanişib qoladi.
1949 yilda hukumat tepasiga kommunistlar kelganida juftlik Hongkongga qoçib ketadi. Çarlz ona vatanida boşqa ayolini 4 nafar farzandi bilan qoldirib ketgan edi. 1954 yilning 7 aprelida juftlik öğilli böladi va unga Kon San deya ism beradi, yillar ötgaç, döstlari uni Jyeki Çan deb çaqira boşlaşadi. Ota-onasining farzandini boqiş uçun puli bölmagani bois uni britaniyalik şifokorga sotmoqçi bölişadi, biroq oxir-oqibat bu fikrlaridan qaytişadi.
Bir neça yil ötgaç, oila iş qidirib Avstraliyaga yöl oladi, biroq bir yildan söng ota-onasi Çanni ortga, Hongkongga qaytaradi. U yerda Çan sakkiz yil Xitoy opera institutiga kiradi. Institutda undan qança (3, 5 yoki 9 yil) öqimoqçi ekani haqida söraşganida – matematikadan xabari yöq aktyor “10 yil” deb javob bergan.
Keyingi yillar u qöşiq kuylaş, jang san'ati, drama va akrobatikani örgangan. Ustozlar yaxşi tayyorgarlik körmagan bolalarni urişişar edi, şu bois Çan öz könikmalarini mukammallaştirişiga töğri kelgan. U institut tufayli bolaligidan Xitoy myuzikllarida suratga tuşgan va Xitoy kinosanoatini örgangan. Biroq institutda faqat grammatika, xorijiy tillar va matematikani örgatişardi, bu esa aktyorning umumiy bilimsizligiga olib keldi.
17 yoşga borib, Çan taekvondo va kung-funi bir guruh raqiblarni xotirjam yenga oliş darajsida egallagan edi.
Çan 18 yoşida institutni tugallab, ikki joyga işga kiradi: sirkda - akrobat va kinoda – kaskadyor. 1972 yilda u “Ğazab muşti” s'yomkalarida qatnaşadi va öz kumiri – jang san'ati ustasi va aktyor Bryus Li bilan tanişadi. Çanning dovyurakligi maşhur aktyorning unga qiziqişiga sabab böladi va Bryus Li uni kaskadyorlikka taklif qiladi. Şu tariqa Çan 1973 yilda işlangan “Ajdarhoning çiqişi” filmida suratga tuşgan.
Mavzuga oid
Kartinaning suratga olinişi davomida şunday sahna bor – Li Çanning qahramonini kaltaklaydi va boşiga yoğoç bilan uradi. Zarba u qadar kuçli bölmagan, lekin kaskadyor özini xuddi boşi oğrib qolgandek tutadi. Sahna körinişi suratga olinib bölganidan keyin Bryus Li kaltaklangan aktyorning yoniga kelib uzr sörab, uni quçoqlaydi. Çanning 2013 yilda iqror bölişiça, bu uning hayotidagi eng unutilmas lahzalardan biri bölgan.
1973 yilning iyulidagi voqea Jyeki Çanning hayotini umrbod özgartirib yuboradi – 32 yoşli Bryus Li hayotdan köz yumadi. Lining ölimi tufayli kinosanoat özining yetakçi kung-fu aktyorini yöqotadi. Vaşingtondagi dafn marosimiga minglab odamlar taşrif buyuradi. Çan ham çuqur qayğuga botadi, biroq tez orada uni jang san'ati janrida Bryus Lining örnini bosişga taklif qilişadi.
Yoş aktyorga Bryus Lining nusxasi böliş, uning filmlar seriyasini davom ettirişni taklif qilişadi. Rejissyorlar yoş Çanda şunday salohiyatni körişadi, biroq aktyorning özi marhum kumiri uslubini takrorlaşni istamasdi. Buni unga nisbatan hurmatsizlik deb hisoblardi, şu bois Çan öz uslubini şakllantirişga kirişdi.
Aktyorga Amerika kinosanoatidagi komediya yulduzlari, şu jumladan Baster Kiton va Çarli Çaplin yoqar edi. U tryuklar qilişni bilardi va ajoyib jang qilardi... Çan uşbu barça omillarni uyğunlaştirib, kung-fu filmlari uslubini şakllantirdi.
1978 yilda Çan formulasining muvaffaqiyati sifatida “Sarhuş jang ustasi” filmi namoyiş qilindi. Yoş aktyor raqiblariga ayovsiz zarbalar beriş barobarida qişloqdagi şirakayf bezoridek körinib, özini a'lo darajada namoyon etgan.
Şundan keyin 1980-yillar boşida Çan Amerika jangari filmlaridagi öyinlar haqida muzokaralar olib borgan, biroq aktyorning komedik uslubi heç kimga ma'qul kelmagan. Natijada Çan bir neça kam mablağli filmlarda suratga tuşgaç, Hongkongga qaytgan va u yerda "A loyihasi", "Politsiya hikoyasi" va "Yaratganning qurollari" kartinalarini suratga olgan.
Aynan şu filmlar Çanni maşhur qilgan va uning rahmdil hamda jasur qahramon pozitsiyasini mustahkamlagan. U tryuklarni himoyasiz bajargan va faqat oyoq-qöli singan hamda boşidan jarohat olgan vaqtlardagina dublyorlardan foydalangan.
Umuman olganda, aktyor kamdan-kam hollarda dublyorlarga murojaat qilardi. Çan sahnalarni suratga olişda qörquv va oğriqlarni yengib ötgan, kaskadyorlardan ham xuddi şunday fidoyilikni talab qilgan. "Politsiya hikoyasi"dan keyin köpçilik aktyor bilan işlaşdan boş tortgan: uni haddan ziyod murakkab va xavfli tryuklarni talab qiluvçi aqldan ozgan kişi deb hisoblaşardi. U bilan 1973 yilda asos solingan "Jyeki Çan kaskadyorlar assotsiatsiyasi"ning eng sodiq a'zolarigina qolar edi.
Yillar ötgaç, kaskadyorlar Çanning beminnat yordami haqida sözlab berişgan - u kaskadyorlardan biri kvartirasining pulini tölaşga qiynalganida öz pullarining yarmini bergan bölsa, boşqasiga maşina sovğa qilgan.
1990-yillarda ham Çanning karerasi muvaffaqiyatli davom etdi. Kung-fu jangarilari janrida aktyorning raqiblari bölmagan, şu bois unga bölgan talab Xitoyda ham, AQŞda ham birdek baland edi. 1995 yilda MTV telekanali aktyorga “Hayotiy yutuqlari uçun” mukofotini topşiradi.
1996 yilda Çan “Bronksdagi muştlaşuv” filmida boş rolni ijro etdi, 7,5 million dollarlik byudjyetli kartina AQŞda bir kunda 10 million dollar töplaşga muvaffaq böldi. Film Çanning muvaffaqiyati va uslubini mustahkamladi va qaçonlardir heç kim tanimagan va savodsiz kaskadyorni dunyoga tanitdi.
Hayotiy tamoyillar va rejissyorlik imzosi
Çan özidagi barça könikmalarni mukammalaştirişga bölgan harakati tufayli xapkido jang san'atida qora belboğ sohibi bölgan, şuningdek u professional kung-fuçidir, bundan taşqari, u xitoy, ingliz, koreys va yapon tillarida sözlaşadi.
Çanning rejissyorlik imzosi öziga xosdir, u turli mamlakatlarning ikki janri bazasida şakllangan: Amerika ovozsiz komediyasi va Hongkong kung-fu jangarisi. Çan, Çaplin kabi, komediyani hazillar yordamida emas, qahramon bilan sodir böluvçi kulgili vaziyatlar orqali yaratadi. Jangari qismini yaratişda esa Xitoy kinosanoatining köp yillik tajribasini qöllaydi.
Amerikaça jangari janridan farqli ölaroq, Çan ekranda körsatilayotganlarning barçasini özida his qilardi. Uni yuziga urişadi, katta balandlikdan irğitişadi, tok urdirişadi. Aktyor doim raqiblaridan zaifroq körinadi: ularda qurol böladi yoki raqib tomon 30 kişi birlaşib harakat qiladi, ba'zan esa aktyorning raqibi özidan ikki barobar katta yo kuçli böladi. Uning qahramonlari yaxşi muştlaşgani uçun emas, ilojsiz vaziyatlardan çiqiş yölini topişi bilan ğolib bölişadi.
Çanning yana bir öziga xos usuli – u qöl ostidagi har qanday narsadan qurol sifatida foydalanadi. Muzlatgiç eşiklari, suşi tayoqçalari, klaviatura, soçiq, lego kubiklari yoki narvon – Çan maişiy predmetlarni ustalik bilan qurolga aylantirib, özining topqirligi bilan tomoşabinlarni ajablantiradi.
Yana bir öziga xos jihati – perfektsionizm. Çan muştlaşuvlar xoreografiyasi, kameraning holati va kartina ritmini öz nazoratiga olib, hatto kiçik sahnalar s'yomkasi uçun ham soatlab vaqt ketkizadi. U dinamik va tezkor sahnalarni yaxşi köradi, lekin aksariyat rejissyorlardan farqli ölaroq, ular uçun vaqt, pul va asab ketkizişga tayyor.
Çarli Çaplin mukammal rakursga erişiş uçun sahnalarni 300 martlab qayta suratga olgan. “Yetti” va “Ğoyib bölgan” trillerlari muallifi Devid Finçer har bir sahnani örtaça 50 martadan tasvirga oladi. Biroq hali heç kim Çanning rekordidan özib keta olmagan. U “Ajdarholar lordi”dagi sahnalardan birini 2 ming martadan ziyod qayta tasvirga olgan. Çanning fikriça, Amerika kinosanoatiga aynan şunday qat'iylik yetişmaydi: rejissyorlar köpinça s'yomkalar uçun pul tejaşadi va şu tariqa kartina sifatiga putur yetkazişadi.
Albatta, Çanning amerikalik aktyorlardan yaqqol ustunlik tomoni borki, buni heç kim inkor eta olmaydi – u tryuklarni heç qanday himoyalarsiz mustaqil bajaradi. Uning karerasi “gullagan” davrdan boşlab AQŞning suğurta kompaniyalari aktyor va uning kaskadyorlarini qora röyxatga kiritişgan: s'yomkalar vaqtida albatta kimnidir tez yordam maşinasi olib ketardi.
Aktyorning özi ham juda köp marotaba jiddiy jarohatlar olgan va bu uning salomatligiga katta xavf solgan paytlar ham bölgan. Biroq u öz tamoyillariga sodiq qolgan.
Aktyorning sözlariga köra, har bir yangi tryuk uni birdek çöçitadi, lekin eng qörqinçlisi 1998 yilda, “Men kimman?” kartinasi s'yomkalarida röy beradi. Çan Niderlandiyadagi Rotterdam şahrida joylaşgan Muzokaralar va tadbirlar markazi binosining yon tomonida heç qanday himoyasiz harakatlanişi kerak bölgan. Aktyor bu sahnaga ikki hafta davomida tayyorgarlik körgan.
Jyeki Çan aktyorlik faoliyati davomida uç marta burnini sindirgan, şuningdek barmoqlari, qovurğasi, oyoqlari singan holatlar bölgan. Bundan taşqari, yelkalari çiqib ketgan, qoş va boş sohasiga jiddiy ziyon yetgan, tişlarini yöqotgan va h.k.
E'tibor bergan bölsangiz, Çan filmlaridagi beöxşov sahnalarni öz kartinalari titrlarida körsatadi. Amerikada işlangan sönggi filmlari bundan mustasno, çunki AQŞ filmlarida real zöravonlik sahnalarini (masalan, aktyor tasodifan özini yoqib yuborişi yoki uni çinakamiga kaltaklaşayotgani) namoyiş qiliş taqiqlanadi. Xitoyda esa bunga ruxsat bor.
Çan kino sanoatida köplab yönalişlarda işlab örgangan. 2012 yilda u film titrlarida eng köp nomi körsatilgan inson sifatida Ginnesning Rekordlar kitobidan joy oldi. U “Yaratganning qurollari. Burj missiyasi” kartinasida 15 kasb egasi(ssenariynavis, rejissyor, aktyor, prodyuser, bastakor, liboslar dizayneri va b.)ning vazifasini bajargan. Şuningdek u mingga yaqin xavfli tryuklarni bajargan aktyor sifatida ham Rekordlar kitobiga kiritilgan.
Aktyorning sarguzaştlari motivlari böyiça “Jyeki Çanning sarguzaştlari” nomli multfilm suratga olingan, har bir epizod oxirida aktyor bolakaylar tomonidan unga yöllangan savollarga javob bergan. Jyeki Çan salbiy rollarni öynaşdan boş tortadi. Aktyor özining yoş muxlislariga bir neça marotaba murojaat qilib, ularni kung-fu jangarisi bölişni orzu qiliş emas, maktabda yaxşi öqiş va kompyuter bilimlarini egallaşga çaqirgan.
Şaxsiy hayot va kelgusi rejalari
Çan özining eng katta kamçiligi bilim yetişmasligida deb hisoblaydi. U qöldan boy bergan bilimlarini egallaşni orzu qiladi, lekin bunga vaqt topa olmaydi. Jyeki Çan muntazam ravişda xayriyaparvarlik bilan şuğullanadi. U Xitoyning kambağal hududlarida maktablar qurilişini moliyalaştiradi. 2011 yilda Çan Fukusimadagi (Yaponiya) portlaş asoratlari bilan kuraşiş uçun pul töplaş maqsadida xayriya konsertini taşkillaştirgan. Mazkur aksiya 3 milliondan ziyod kişini qamrab olgan.
Şu yilning özida u Yevropada ham xayriya taşkilotiga asos soldi. Maqsad – noçor mintaqalarda maktablar va qariyalar uylarini quriş. 2017 yilning yanvarida Çan suv toşqinidan jabr körgan Tailand aholisiga yordam tariqasida 65 ming dollar sarfladi.
Jyeki Çan Xitoy kommunistik hukumatini qöllab-quvvatlaydi va AQŞni dunyodagi eng korruptsion mamlakat deb hisoblaydi.
2013 yilda Çan qaçonlardir AQŞga köçib ötganining sababini oçadi – ma'lum bölişiça, öşa paytlar aktyorning pulini ömaruvçi Hongkong mafiyasi unga tahdid qilgan. Yillar ötgaç, u ona şahriga qaytgan va mahalliy restoranda qölida piçoq uşlagan 20 kişi uning tepasiga kelgan. Bunga javoban Çan çöntagidan qurol va granat çiqarib, ularning “haddan taşqari çuqurlaşib ketişgani”ni aytgan. Bu ziddiyatlarning nima bilan tugagani esa sirligiça qolgan.
2017 yilning sentabr oyida Çan boş rolni ijro etgan “Xorijlik” filmi ekranlarga çiqadi. Kartina Vetnam uruşi faxriysi haqida bölib, qahramon şafqatsiz qotilliklar va terrorçilar hujumi natijasida oilasini yöqotgan böladi. Syujyetga köra, boş qahramon jinoyatçilardan qasd olişga yöl oladi.
Filmlar – Jyeki Çanning yagona “ovunçoği” emas. 1980-yillardan boşlab u 20 dan ortiq musiqiy albom çiqargan va Disney’ning «Mulan» multfilmidagi asosiy qöşiqqa mualliflik qilgan. Çanning sönggi musiqiy loyihasi 2016 yildagi «Izma-iz» filmi saundtreki böldi.
1981 yilda Jyeki Çan tayvanlik aktrisa Joan Linga uylangan. Bir yildan söng juftlik öğilli bölgan va Lin muvaffaqiyatli karerasini yakunlab, uy bekasiga aylanadi. Ularning farzandi Jyeysi Çan - professional musiqaçi va aktyor, biroq u otasidan farqli ölaroq, bolalarga örnak böla olmaydi.
2015 yilning yanvarida Jyeysining yonidan giyohvand moddalar topilgani uçun uni 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilişgan. 2009 yilda Xitoy politsiyasi tomonidan “giyohvand moddalarni nazorat qiliş böyiça elçi” etib tayinlangan Jyeki Çanning özi esa “öğlining xatti-harakatlari uçun uyatda qolgani”ni aytgan.
Bundan taşqari, Çanning 17 yoşli qizi – Etta Çjolin ham bor. U 2015 yilda otasidan voz keçgan, zero otasi “undan yilda bir neça martagina xabar olgan va uning hayotiga qiziqiş bildirmagan”. Aktyor qizni rasman tan olmagan. U özining 350 million dollarlik boyligini öğliga ham qoldiriş niyati yöqligini ma'lum qilgan.
Çan agar öğli mehnat qilib pul topa olsa, unga otasining boyligi kerak bölmasligiga işonç bildiradi. Manbaga köra, aktyorning ölimidan keyin barça pullar xayriyaga sarflanadi.
2016 yilning noyabrida kino biznesidagi karerasiga 40 yildan oşganda Jyeki Çanga kinosanoatdagi xizmatlari uçun “Oskar” mukofoti topşirildi. Mukofotni qölga kiritgan aktyor minnatdorçilik bildirgan holda, bu nafaqat uning,balki butun bir kaskadyorlar jamoasining xizmati ekanini e'tirof etdi.
Aktyor karerasi davomida Hongkong çegaralaridan oşib, Ğarbga yönalganida u bilan murakkab tryuklarni bajargan köplab döstlaridan uzoqlaşişga majbur bölgan. Biroq 2017 yilning fevralida Xitoydagi teleşoulardan biri aktyorga kutilmagan sovğa tayyorladi. Dastlab boşlovçi unga kaskadyorlar jamoasi iştirokidagi videoyöllanmani namoyiş qildi, Çan buni tomoşa qilib, xotiralarga berilguniga qadar esa aktyorning ajoyib jamoasi uning ortiga bildirmay tizilib turib oldi. Közlariga yoş kelgan aktyor beixtiyor orqasini ögirgan damda qadrdon döstlariga közi tuşadi va ular bilan diydorlaşadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi