Yevropa çempionlar ligasining 1/4 finalidan örin olgan «Real» va «Bavariya» uçraşuvida 2:4 (ikki öyinda 3:6) hisobida mağlub bölgan «Bavariya» musobaqadagi iştirokini töxtatdi.

Natijada klub sönggi beş yildagi eng yomon natijasini qayd etdi. Jamoa sönggi marta 2010/2011 yilgi mavsumda 1/8 finalda mağlubiyatga uçrab musobaqani («Inter»ga 1:0, 2:3) tark etgandi.

2012 yilda Yupp Haynkess bilan jamoa YeÇL finaliga çiqqan, 2013 yilda esa boş sovrinni qölga kiritgandi Xosep Gvardiola boş murabbiyligi davrida esa jamoa muntazam ravişda yarim finallarga çiqqan va u yerda ispan jamoalariga mağlub bölgandi.