Massaj kursili şaxsiy kupe, spa-duş, boş oşpazdan eks­klyu­ziv taomlar — bularning bari özingizni qirollik oilasiga mansubdek his etişingiz uçun taqdim etiladi! 2017 yilda TripAdvisor sayti Emirates'ni dunyoning eng yaxşi aviakompaniyasi deb e'lon qildi. Eng yaxşi fazo kemalarining röyxatini tuziş va ğolibni aniqlaş uçun TripAdvisor millionlab izohlarni örganib çiqdi. 

Köplab omillar, jumladan, oyoqlar uçun qulaylik, kursilarning şinamligi, mijozlarga xizmat körsatiş, tozalik, ovqat va içimliklar, şu bilan birga, narx va sifatga bölgan munosabatlar ham hisobga olindi. 

Uzoq davom etgan saralaş natijasida Yaqin Şarqdagi taniqli avia­kom­pa­niya faxrli birinçi örinni egalladi. Emirates 32 yil avval taşkil qilingan bölib, özining qulay tejamkor klass va haşamatli birinçi klass salonlari tufayli butunjahon e'tirofiga sazovor böldi. 

Birinçi klass uçun çiptalar arzon emas: Londondan Dubayga sayohat va qaytiş deyarli 4,8 ming dollar böladi, biroq bu pullar evaziga Emirates yölovçilarga unutilmas hissiyot va taassurotlarni taqdim etadi.  

Emirates avia­kom­pa­niyasining A380 layneridagi birinçi klassda parvoz mana şunday böladi. 

Emirates kutiş xonasi quyidagiça körinişga ega. Agar siz birinçi klass yölovçisi bölsangiz bort kuzatuvçisining özi sizni kutib oladi va joyingizgaça kuzatib qöyadi. Sizning ixtiyoringizda maxsus kupe, eşiklari yopiluvçi bejirim xona böladi. 

Çarmli örindiq beli osonlik bilan gorizontal holatga keladi va qarabsizki, yumşoqqina kravat paydo böladi. barça şart-şaroitlar siz özingizni xuddi şohona mehmonxonada ketayotgandek his qilişingiz uçun.

Kupeda şuningdek, Bvlgari brendiga tegişli sumkaçani topasiz, uning içida soqol oliş uçun krem, tiş pastasi va çyotkasi hamda dezodorant olasiz. Kupe yaltiroq yoğoç panel va oltindan işlangan. 

Emirates kompaniyasining A380 samolyotida birinçi sinf uçun bor-yöği 14ta joy mavjud. Şu sababli, har bir mijoz individual xizmat söraşga haqli.