Yevropa ittifoqi öz tarkibiga Turkiyani qabul qiliş böyiça majburiyatlarini bajarmayapti va uni 54 yildan beri kutişga majbur qilmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan CNN telekompaniyasiga ma'lum qildi. Prezident kanal jurnalistlari savollariga Anqaradagi qarorgohida javob qaytargan.
YeI “bizni 54 yildan beri kutişga majbur qildi”, deya ta'kidlab ötdi Erdöğan. “Siyosiy nuqtai nazardan, buni boşqa qabul qiliş mumkin emas. Biz YeIga kiriş uçun kerakli bölgan barça talablarni bajarişga harakat qildik, Yevropa ittifoqi esa öz va'dalarining ustidan çiqmadi. U ularni bajarişi kerak”, - deya davom etgan prezident.
Şu bilan birga, u Bryussel xatti-harakati yaxşi tomonga özgarsa, Anqara yana kutib turişga tayyor ekaniga ham işora qilgan. “Agarda ular öz va'dalarini bajarişsa, biz yana muzokaralar stoliga qaytişimiz mumkin. Biz qanday qadam qöyilişi mumkinligini sezişga qodirmiz”, - deya ogohlantirdi Erdöğan YeI a'zo-davlatlarining Turkiyadagi referendumga munosabatiga oid savolga javob qaytarib.
Mamlakatning YeIga kiriş borasidagi muzokaralar 2005 yildan beri olib borilmoqda. 1963 yilning 12 sentabr kuni Anqarada Turkiya va Yevropa ittifoqi örtasida assotsiatsiya haqidagi Kelişuv imzolangan, u 1964 yilning 1 dekabr kuni kuçga kirgan.
Turkiya va YeI munosabatlaridagi keskinlik qator Yevropa davlatlarida turk siyosatçilarining çiqiş qilişi taqiqlangani bilan ham boğliq. Avvalroq Erdöğan Yevropadagi hukumatlarning bunday siyosatini natsistlar xatti-harakatiga öxşatgandi.












