Misrlik arxeologlar Luksor şahrida fir'avnlarga tegişli bölgan yangi qabrni topişdi. Bu haqda Misrning qadimiyliklar işlari böyiça vaziri Xolid al-Ananiyga iqtibos keltirgan holda Egypt Independent naşri ma'lum qildi.
Luksor ğarbida joylaşgan Podşohlar vodiysidagi Dra Abu al-Nagga qabristonida topilgan qabr "Lager 157" deb nomlandi. U fir'avnlarning 18-sulolasiga (miloddan avvalgi 1550-1292 yillar) tegişli bölib, Ösarxat ismli şahar maslahatçisiga tegişli bölgan.
"Lager 157"dagi qaziş işlari vaqtida önlab yoğoç tobutlar va 6 ta yaxşi saqlanib qolgan mumiyo aniqlandi. Arxeologlar şuningdek tilla rangga böyalgan niqoblar va mingdan köproq uşebti (qöllarini köksida çatiştirib turgan odam haykalçasi) dafn haykalçalari bölgan quduqni aniqlaşgan.
Aprel boşida arxeologlar Qohiradan 26 km uzoqlikda joylaşgan, Qadimiy va Örta podşohlik fir'avnlari qabristoni Daxşurda avval noma'lum bölgan piramidaning xarobalarini aniqlaşgandi. Taxminlarça, bu piramida fir'avnlarning 13-sulolasi vaqtlarida qurilgan va Snofru fir'avni piramidasidan janubda joylaşgan.












