Olimlar Janubiy okean suvlarida kitga kamera örnatgan holda videoni suratga tuşirişdi. Rolikka Mashable portali e'tibor qaratdi.

Loyihada qator taşkilotlarning tadqiqotçilari iştirok etdi.

"Olimlar kitlarning Antarktikadagi hayotining kişilarga ma'lum bölmagan, öziga xos jihatlaridan xabardor böliş uçun kameralar örnatişdi, - deyiladi Butunjahon yovvoyi tabiat fondining videoga qoldirilgan izohida. – Bu kitlar qaçon va qanday qilib ovqatlanişi, ularning ijtimoiy hayoti, hattoki ular qanday kuç bilan “puflaşi” va şu tariqa nafas oliş uçun muzni tozalaşi haqida ma'lumot olişga imkon berdi".

"Biz kitlar kunduzgi vaqtning aksariyat qismida hordiq çiqarişi va muloqot qilişi, keçasi va tunda esa asosan oziqlanişini körsatişga muvaffaq böldik", - deya ta'kidlab ötdi kitlarni örganiş böyiça yetakçi mutaxassis Ari Fridlender.

Tadqiqotçilarning sözlariga köra, olingan ma'lumotlar ularga kitlarni oziqlantiriş tumanlarini saqlab qolişga yordam beradi.