Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya vaziri: Turkiya Rossiyaga "orqadan zarba berdi"
Turkiya hukumatining Turkiyaga Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazilishiga cheklovlar qo‘yishi "orqadan zarba berish" hisoblanadi. Bunday fikrni "Rossiya-24" telekanali efirida Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov aytdi.
“Biz buni kutmagandik. Bu ma'lum darajada orqadan zarba berishdir va biz Rossiya-Turkiya munosabatlarining yaxshilanishiga juda umid qilib qolamiz”, deb vazir aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi "RIA novosti" axborot agentligi.
Tkachyov, shuningdek, Rossiya yangi bozorlarni topishi mumkinligini ta'kidlab o‘tgan va "teran fikr oxir-oqibat tantana qilishiga" ishonchi komilligini aytgan.
“Turkiyaning o‘zi ham Rossiya bug‘doylaridan manfaatdor va faqat undangina emas”, deb ta'kidlab o‘tdi Tkachyov.
Mart oyi o‘rtalarida Turkiya hukumati rossiyalik fermerlarni Turkiyaga bug‘doyni boj to‘lovisiz kiritish huquqidan mahrum qilgani ma'lum bo‘lgandi.
Bu mahsulotning Rossiyadan yetkazib berilishi deyarli to‘xtatilgani ma'lum qilingan.
Keyinroq turkiyalik importchilar Rossiyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olinishi to‘xtatilganini tasdiqlaganlar.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026