Yaponiyaning Kyusyu orolida joylaşgan Fukuoka şahri politsiyasi içida 380 mln yyen (3,5 mln dollar) bölgan çamadonni öğirlagan 3 gumonlanuvçini qidirmoqda. Bosqinçilik 20 aprelda şaharning markaziy köçalaridan birida kunduzi yuz bergan.
NHK telekanalining ma'lum qilişiça, çamadon egasi, şaharga xizmat safari bilan kelgan 29 yoşli erkak Mizuho banki bölimidan pullarni olib, ularni çamadonga joylagan. Erkak pullarni olib, maşinasi tomon ketayotganda uning yoniga niqoblarda bölgan ikki erkak yugurib kelib, yuziga noma'lum suyuqlik purkaşgan. Söng çamadonni tortib olib, oq maşinada qoçib ketişgan.
Mutaxassislarning aytişiça, içida bunça pul bölgan çamadon 38 kg ga yaqinni taşkil qilişi kerak. Jabrlanuvçi Tokioda yaşaşini, pullarni esa biznes uçun olganini aytgan.
Ayni vaqtda politsiya kuzatuv kameralaridagi yozuvlarni örganmoqda va voqea guvohlarini söroq qilmoqda.
Politsiyaning fikriça, mamlakatda jinoyatçilik darajasi past bölgani sabab, bu öğrilik tasodifan yuz bermagan. Taxmin qilinişiça, jinoyatçilar jabrdiyda yonida katta miqdorda pul bölişini avvaldan bilib, uni poylab yurganlar.












