Uçraşuvning 27-daqiqasida Taliska hisobni oçgan bölsa, Aleksandr Lyakazett 34-daqiqida hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölimda yana öşa Taliskaning özi dubl qayd etib jamoasini hisobda oldinga olib çiqdi. Jamoalar boşqa gol kirita olişmadi.
Ikki öyin natijasiga köra tenglik yuzaga kelgani bois, jamoalar overtaymda saf tortişdi. Biroq 30 daqiqa davomida birorta jamoa gol kiritişni uddasidan çiqa olmadi va natijada ğolib penaltilar seriyasida aniqlanadigan böldi. Penaltilar seriyasida esa jamoalar 8 martadan zarba berişiga töğri keldi. «Lion» darvozaboni Antoni Lopeş mezbonlarning sönggi penaltisini qaytardi. Sönggi golni Maksim Gonalon aniq amalga oşirib jamoasini yarim finalga olib çiqdi.
Yevropa ligasi, 1/4 final
Javob uçraşuvi
Beşiktoş (Turkiya) – Lion (Fransiya) 2:1 (1:0) penalti seriyasi böyiça — 6:7
Gollar: Taliska (27, 58) – Lyakazett (34).
Beşiktoş: Fabrisio, Mitroviç, Adriano (Bek, 77), Gönul, Toşiç, Özyakub (Uysal, 94), Xatçinson, Taliska, Kuarejma (Arslan, 117), Babel, Tösun.
Lion: Antoni Lopeş, Nkulu, Morel (Ribus, 120), Jalle, Diakabi, Tolisso, Gonalon, Valbuena, Tuzar, Korne (Fekir, 77), Lyakazett (Ğazzol, 90).
Ogohlantirişlar: Adriano (29), Gonalon (32), Toşiç (78), Gönul (118).
Dastlabki uçraşuv: 1:2.












