«Tyantszin Tsyuantszyan» futbol klubi egasi Şu Yuxui jamoa «Çelsi» hujumçisi Diyego Kostani xarid qiliş ustida işlayotganini xabar berdi.
«Şuni aytişim mumkinki, biz Diyego Kostaning transferi ustida hamon işlayapmiz. Şuningdek boşqa öyinçilar bilan ham aloqalar örnatdik.
Klub xorijiy öyinçilarni xarid qiliş böyiça yuqori standartni örnatdi, biroq ular «Bavariya» yoki «Real» kabi top-klublarni tanlaşmoqda. Aniq aytişim mumkinki, biz öz oldimizga xuddi öşa top-jamoalarniki kabi maqsadlarni qöyamiz», - deya Yuxuining sözlarini keltiradi Daily Mail.
Ötgan qişda Kosta «Tyantszin Tsyuantszyan»dan taklif olgani xabar qilingandi. Xitoy klubi «Çelsi»ga ispaniyalik futbolçi uçun 107 million yevro bermoqçi bölgan, biroq rad javobini olgan.
Diyego Kosta uşbu mavsumda «Çelsi» uçun barça musobaqalarda 35 bahsda 18ta gol kiritdi.












