Mamlakatimizda yoşlar masalasi davlat siyosati darajasiga kötarilib, ularni yuksak ma'naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini öz zimmasiga olişga qodir avlod sifatida voyaga yetkaziş uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmoqda. Zero, el-yurtning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoşlar qölida. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon böladi, röyobga çiqadi. 

20 aprel kuni Milliy matbuot anjumanida mustaqillik yillarida sohani rivojlantiriş, yoşlarimizning munosib ta'lim tarbiya olişlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta'lim tizimiga oid qator farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 60 dan ortiq qaror va farmoyişlari, şuningdek, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi vakolatiga kiruvçi masalalar yuzasidan me'yoriy-uslubiy hujjatlar qabul qilingani qayd etildi. 

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston Respublikasining “Ta'lim töğrisida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturining izçil tartibdagi puxta öylangan amaliyoti ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy jihatdan boy şaxsni şakllantiriş hamda yuqori malakali, raqobatbardoş malakali kadrlarni tayyorlaşdan iborat strategik maqsadga erişiş uçun nazariy asos böldi va zamin yaratdi. 

Hozirgi paytda oliy ta'lim muassasalarida tegişli vazirlik va idoralar, potensial iş beruvçi korxona, taşkilot va muassasalar iştirokida bitiruvçilar (mehnat) yarmarkalari taşkil etilmoqda. Jumladan, 2015-2016 öquv yilida respublika oliy ta'lim muassasalarini jami 62 274 nafar yoş mutaxassis bitirib çiqdi. Respublika iqtisodiyot sohalari va tarmoqlariga işga joylaşganlar - bandligi ta'minlanganlar 60 974 nafarni, ya'ni 98 foizni taşkil qildi. 

Şuningdek tadbirda oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilarining 70-80 foizi öz mutaxassisligi böyiça faoliyat olib borayotgani ta'kidlandi.