Rossiya fuqarosi R.Savçenko şu yilning yanvarida Samarqand şahriga qarindoşlarini yöqlaş va dam olişga kelgan edi. Şaharni aylanib, tomoşa qiliş asnosida uning miyasiga pul işlaş ğoyasi keldi: şu yerlik mahalliy qizlarni aldab, Rossiyadan senga iş topib beraman deb, kiçikkina biznesni yölga qöyiş mumkin. Lekin, özi bu yerlik emas-ku, kim ham uning gapiga işonardi? Tezda bir hamtovoq, ya'ni jinoiy şerik topişi kerak.
Kör körni qoronğida topibdi, deganlaridek şerik ham topila qoldi. Endi u samarqandlik Z.Bahodirova bilan ”Sizlarga Rossiyaning Ryazan viloyatidan iş topib beramiz, kafeda ofitsiantlik va dökonda sotuvçilik qilasizlar”, degan yolğonlar bilan öz qabih niyatlarini amalga oşira boşladilar. Aslida esa qizlardan fohişalar sifatida foydalanmoqçi edilar. Köp ötmay ularning töriga uçta qiz ilindi.
Samarqandlik qizlarning baxtiga bu jirkanç iş oxiriga yetmay qoldi. Huquqni muhofaza qiliş xodimlarining harakatlari natijasida R.Savçenko va Z.Bahodirova Samarqand xalqaro aeroportida qölga olindilar.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi tomonidan uşbu “biznesmenlar”ga nisbatan tegişli jazo tayinlandi.












