2017 yil 17 aprel kuni Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidan Qibray tumaniga ötadigan “Qoramurt” blok-postida xizmat vazifasini ötayotgan xodimlar tomonidan Toşkent viloyatiga çiqib ketayotgan fuqaroga tegişli Kobalt rusumli avtomaşina töxtatilgan. Haydovçi özini Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining şaxsiy tarkib bilan işlaş inspeksiyasi boşliği Böronov deb taniştirgan va xizmat guvohnomasini körsatgan.
Suriştiruv jarayonida uşbu guvohnoma qalbakilaştirilgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi 3-qismi ya'ni rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş va undan foydalaniş jinoyat alomatlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Böronovga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.

Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayevning matbuot brifingida aytişiça, mazkur fuqaro özidagi soxta guvohnomadan foydalangan holda turli jinoyatlarni, firibgarliklarni amalga oşirgan bölişi ehtimol. Şu sababli, quyidagi suratdagi şaxsdan aziyat çekkan, jabrlangan, aldovga uçganlar bölsa, 102 qisqa raqami orqali telefon qiliş yoki yaqin oradagi içki işlar idoralariga murojaat qilişlari söraladi.













