2017 yil 19 aprel kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nyu-York şahridagi boş qarorgohida Parij bitimini Özbekiston tomonidan rasmiy imzolaş marosimi bölib ötdi, deb xabar bermoqda TIV axborot xizmati.
Uşbu bitim 2015 yil 12 dekabr kuni BMTning iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlarining 21-konferensiyasi doirasida qabul qilingan.
Hujjatni Özbekiston Respublikasi nomidan mamlakatimizning AQŞdagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Baxtiyor Gulyamov imzoladi.
Bitim imzolangaç, uning asl nusxasi taşkilot Depozitariyi – BMT Boş kotibiga saqlaş uçun topşirildi.
Parij bitimi atmosferaga is gazlari çiqindilarini kamaytiriş va global örtaça harorat darajasi ösişini çeklaş orqali iqlim özgarişini oldini olişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş borasidagi jahon hamjamiyati sa'y-harakatlarini birlaştirişga yönaltirilgan.
Özbekistonning Parij bitimini imzolaganlar röyxatiga kirganligi haqidagi axborot BMT Kotibiyati tomonidan a'zo davlatlar örtasida tarqatilib, taşkilotning Yuridik boşqarmasi rasmiy saytida hamda BMT jurnalida e'lon qilindi.












