Marğilon şahridagi Guliston MFY fuqarolari farzandlari uçun bolalar öynaş maydoni, aholi uçun guzar, kiçik ayvonçalar bölişini orzu qilar edilar. Bu borada fuqarolar bir neça bora özlari ham harakat qildilar, biroq katta iş ustida kimdir boş bölmasa uning natijasi körimaydigandek.
Şahar prokurori Akmalxöja Mavlonov rahbarligida işçi guruhlar tomonidan samarali işlar amalga oşirila boşlandi. Qoronğu va qörqinçli bölgan mahalla burçagidagi maydonda garajlar örnatilgan edi.

- Bu garajlardan aholi deyarli foydalanmaydi. Avvallari maşinani saqlaş yoki uni berkitiş uçun şu garajlarga muhtojlik sezilar edi. Endi zamonamiz tinç, maşinani köçaga qöyib qöysangiz heç kim tegmaydi. Bolalarimiz şu garajlar tomonidan öynasa şikaslanmasin, deb qörqib turar edik. Endi bu garajlar buzilayapti. Mahallamiz obod bölayapti. Yangi yöl tuşadi, guzar barpo etilayapti. Bolalar öynaş maydoni quriliş işlari boşlab yuborildi. Bizning mahallamiz ham boşqalarnikiga öxşab keng va yoruğ, tekkis köçalardan iborat böladi. Xursandçiligimizning çeki yöq, - deydi Guliston MFY fuqarosi Buviçaxon Ahmadxonova.

Guliston mahallasi hududidagi 1126 kv. metr maydondagi ta'mirga muhtoj içki yöllarni ta'mirlaş uçun 20 mln. söm mablağ zarurligi, hududdagi tez tibbiy yordam şoxobçasini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun qöşimça elektr tarmoğiga ulaş lozimligi aniqlanib, şahar Elektr ta'minot korxonasi rahbariga tegişli körsatma berildi.
Ahror Ziyo, Farğona












