Toşkentning «Paxtakor» klubi boş murabbiyi Ravşan Haydarov  jamoadagi muammolar haqida gapirib ötdi va birinçi davradan söng jamoada katta özgariş bölişini tan oldi.

«Jamoa tarkibida muammolar köp. Ixtiyorimizda 10-11 soğlom va tajribali futbolçimiz bor xolos. Ayni paytda ularni faqat bölajak uçraşuvgaça soğlom yetkazib olişni öylayapmiz. Jamoani omadsizlik qamrab olgan. Yoşlardan iqtidorlilari ham jarohat olişgan. Muxlislarni faqat natija qiziqtiradi, ammo jamoadagi muammolarni aytib ötiş kerak.

Navbatdagi turda «Navbahor»ga qarşi öyinda Hoşimov, Tojiyev va Lobanovni maydonga tuşira olmaymiz. Ehtimol, gaplarim ularga ta'sir qilmayotgandir. Raqobat bölganda men boşqaçaroq yöl tutişim mumkin edi.

Birinçi davradan söng jamoada katta özgarişlar böladi. Hozirgi jamoa murabbiylar ştabi işlaydimi yoki yöq, bilmayman. Lekin tarkib kuçaytirilsa kerak», deya Haydarovning sözlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Eslatib ötamiz, oldinroq rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov «Paxtakor» aksiyalarini sotib olgani va ikkinçi davradan boşlab jamoada keskin özgarişlar bölişi haqida xabarlar tarqalgandi.