Angliyaning «Mançester Siti» klubi hamon «Yuventus» himoyaçisi Leonardo Bonuççini sotib oliş fikridan qaytmayapti. Bu haqda The Telegraph naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma'lumotlarga köra, «Siti» turinliklarga norasmiy ravişda Bonuççining transferini narxini ma'lum qilişlarini söragan. «Yuve» duşanba kuni 30 yoşga töladigan Bonuççining transferini 50 million funtga (taxminan 58 million yevro) baholagan. Bu himoyaçi uçun tölanadigan rekord miqdordagi mablağ sanaladi.
Naşrning işonç bilan ta'qidlaşiça, Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida eng asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida aynan Bonuççiga e'tiborini qaratadi. Jamoa markaziy himoya çiziğini kuçaytiriş ilinjida bölib turibdi.









