Özbekistondan Issiqkölga samolyotda boriş mumkin böladi. Bunday imkoniyat ayni damda Özbekiston va Qirğiziston aviatsiya hukumatlari örtasida işlab çiqilmoqda, deb xabar bermoqda "Özbekiston havo yöllari" MAK Axborot xizmati Kun.uz'ga.
Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda turistik mavsumga atab parvozlar geografiyasini kengaytiriş böyiça iş olib borilmoqda. Şu tariqa, Issiqköldagi kölga köproq hordiq çiqaruvçilarni jalb etiş rejalaştirilmoqda. Bugungi kunda Olmaota-Tomçi yönalişi böyiça har yili qozoq aviakompaniyalari charter reyslarini amalga oşirmoqda. Bundan taşqari, Qirğiziston va Rossiya transport vazirliklari delegatsiyalari uçraşuvlarida tomonlar Novosibirsk-Tomçi yönalişini oçiş böyiça kelişib olişdi.
Xabarga köra, Qirğiziston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasi Agentligi vakillari özbekistonlik hamkasblariga Toşkent-Tomçi yönalişi böyiça parvozlarni taşkil etişni taklif qilişmoqda. May oyida Özbekiston va Qirğiziston aviatsiya hukumatlarining ikki tomonlama maslahatlaşuvlarini ötkaziş möljallangan. Fuqarolik aviatsiyasi Agentligi Özbekiston hududidagi nuqtalardan “Issiqköl” aeroportiga özbek aviakompaniyalari tomonidan parvozlar bajarilişini taklif qilgan.












