«Çelsi» yarim himoyaçisi N'Golo Kante Buyuk Britaniya professional futbolçilar kasaba uyuşmasi talqiniga köra APLning 2016/2017 yilgi mavsumi eng yaxşi öyinçisi deb topildi. 26 yoşli futbolçi bu sovrinni öz faoliyatida ilk bor qölga kiritdi.

Mukofotga şuningdek, Kantedan taşqari, Eden Azar («Çelsi»), Zlatan Ibrahimoviç («Mançester Yunayted»), Garri Keyn («Tottenhem»), Romelu Lukaku («Everton») va Aleksis Sançes («Arsenal») ham da'vogarlik qilgandi.

Kante bu sovrinni qölga kiritgan uçinçi fransuzga aylandi. Avvalroq APLda eng yaxşi öyinçi deb Patrik Viyera (2001) va Terri Anri (2004, 2006) ham e'tirof etilgan.