Angliya Kubogi yarim finalida «Arsenal» «Mançester Siti» bilan öynadi. Londondagi «Uembli» stadionida keçgan uçraşuv qöşimça vaqtlarda davom etdi va londonliklarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

62-daqiqada Yaya Ture maydon markazida töpni egallab oldinga yurdi va qulay vaziyatga çiqib borgan Serxio Agueroni pas bilan ta'minladi. Argentinalik hujumçi esa texnikasini namoyiş etib, Petr Çexni doğda qoldirdi.

71-daqiqada Aleks Oksleyd-Çemberlen öng qanotdan yuriş qilib, jarima maydoniga töpni uzatdi va bu töpni Naço Monreal darvozaga joylab qöydi.

101-daqiqada Mesut Özil jarima zarbasini ijro etdi, Denni Uelbekka zarba berişga qöyişmadi, ammo töp londonliklar jamoasining boşqa bir hujumçisi Aleksis Sançesga kelib tuşdi va bir neça metr masofadan turi «Siti» darvozasini işğol qildi. Öyinda şu hisob saqlanib qoldi va Arsen Venger jamoasi yigirmançi marta Angliya Kubogi finalida öynaydigan böldi. Bu esa Angliyadagi rekord natijadir. Bu finallardan 12tasida jamoa ğoliblikka erişgan.

Angliya Kubogi finalida endi «Arsenal» 27 may kuni «Çelsi» bilan öynaydi.

Arsenal – Mançester Siti 2:1 (0:0, 1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 62 Aguero, 1:1 – 71 Monreal, 2:1 – 101 Sançes.
Arsenal – Çex, Koselni, Xolding, Monreal, Gabriel, Çaka, Oksleyd-Çemberlen (Belerin, 105), Özil (Koklen, 119), Remzi, Sançes, Jiru (Uelbek, 83).