Instagram ma'lum vaqt davomida butun dunyo böylab işlamay qoldi.

Butun dunyo böylab Instagram ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilari servisiga kira olişmaganidan şikoyat qilişdi. Bu holat haqida keça keçqurun, Toşkent vaqti bilan soat 22:40 larda ma'lum böldi. Yangiliklar lentasidan taşqari, şuningdek, şaxsiy xabarlar va fotosuratlar e'lon qiliş funksiyasi ham işlamagan. 

The Next Web’ning ta'kidlaşiça, bunday vaziyat butun dunyo böylab foydalanuvçilarni qamrab olgan: Şimoliy Amerikada, Yevropada, Osiyoda, Janubiy Amerika va Örta Şarqda ham şunday holat kuzatilgan. Xabarlarga köra, servis veb-versiyada ham, mobil versiyada ham işlamagan.

Keyinçalik Instagram servisi ma'muriyati ijtimoiy tarmoqdagi muammolarni bartaraf etiş ustida işlar boşlanganini ma'lum qildi. Servis nima sababdan işlamay qolgani – hozirça noma'lum.