Anqara Yamanga 1 milliard dollarlik gumanitar yordam jönatadi. Bu haqda Turkiya boş vaziri örinbosari Veysi Qaynoq ma'lum qildi.
Uning aytişiça, Turkiya hukumati 2010 yilda rivojlanayotgan davlatlarga 200 million dollarlik yordam haqida va'da bergandi, biroq yakunda 2 milliarddan ortiqroq mablağ ajratildi.
"Men şuni ma'lum qilmoqçimanki, Turkiya Yamanga yordam uçun 1 milliard dollar ajratadi", - deya aytib ötgan Turkiya vazirlar mahkamasi rahbari örinbosari Yamandagi gumanitar vaziyat böyiça yuqori darajadagi donorlik anjumanida çiqiş qilib.
U Anqara Yaqin Şarqdagi bu davlatda dala gospitallari taşkil etayotgani, şuningdek unga dori-darmon yuborayotganini ta'kidlab ötdi












