2016 yilda Turkiyada ayollar orasida bandlik darajasi 28 foizga oşdi, 2015 yilda esa bu körsatkiç 21 foizni qayd etgan. Turkiyaning oilaviy işlar va ijtimoiy siyosat böyiça vaziri Fatma Betul Sayan Kayya Bakuda bölib ötgan "Ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş: muammolar va istiqbollar" mavzuidagi konferensiyada şu haqida ma'lum qildi.
"Ayollar mamlakatning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişiga hissa qöşişadi. Ayollar bor joyda mehr-muhabbat, adolat, demokratiya va erkinlik hukmron", - dedi Kayya.

Vazir kuçli davlat va gullab-yaşnayotgan jamiyat barpo qiliş uçun, birinçi navbatda, ayollarning mavqeini mustahkamlaş kerakligini ta'kidladi.
"Turkiyada ayollarning siyosat va qarorlar qabul qiliş mexanizmida yanada faol iştirok eta olişi uçun barça şaroitlar yaratilmoqda", - dedi Kayya.
Uning sözlariga köra, Turkiyada ayollar orasidagi bandlik darajasini oşiriş uçun zarur qadamlar qöyilmoqda.












