Google hammuassisi Larri Peyj homiylik qiluvçi Kitty Hawk kompaniyasi «Flayer» nomini olgan qurilmasining parvozi aks etgan ilk videosini namoyiş etdi. Kompaniya hozirça suv uzra parvozlarga möljallangan hamda uçuvçi litsenziyasini talab qilmaydigan Flayerni "töliq elektrik samolyot" sifatida ta'riflamoqda. Kitty Hawk Flayerda uçişni örganiş heç kimga qiyinçilik tuğdirmasligini ta'kidlamoqda. Qurilmaning çakana versiyasi joriy yilning oxiriga borib tayyor böladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Larri Peyj «Nyu-York Tayms»da şunday yozadi:

"Hammamiz uçişni örganişni orzu qilganmiz. Men ajoyib kunlarning birida öz Flayerimga ötirib, tezkor va yengil, erkin parvozdan zavq oliş imkoni paydo bölganidan juda xursandman".

«Uçar avtomobil» anonsidan bir yil ötib, uning avtomobil emas, xoverbaykligi aytildi, ya'ni u bir kişiga möljallangan va kabinaga ega emas. Boşqaruv elementlari rulga örnatilgan va joystik tugmasidek işlaydi. Flayer vertolyot kabi vertikal parvoz qiladi va qönadi, lekin, vertolyotdan farqli ölaroq, töliq elektr qurilma hisoblanadi. Uning birinçi versiyasi suv uzra harakatlanişga möljallangan. 

Bu apparatdan ehtiyojlardan köra xobbi sifatida foydalaniş mumkin. Hozirça Flayerning qanday ekspluatatsiya qilinişi bilan bir qatorda uning çakana versiyasi bahosi ham noma'lum. Biroq Flayerning sönggi versiyasini qölga kiritişda 2000 dollarlik çegirmaga ega böliş uçun hozirdan loyihaga 100 dollar sarmoya kiritiş mumkin va qurilmaning sinov bosqiçida undan eksklyuziv foydalaniş imkoniga ega bölinadi, deb yozadi The Verge.

Uçuvçi Kimeron Morrisi Flayerning sönggi versiyasi boşqaça bölişini aytdi:

"Uning dizayni işçi prototipidan mutlaqo farq qiladi, lekin undan zavqlaniş hissi heç ham kam bölmaydi".

Flayerdagi ilk parvozning rasmiy videosini tomoşa qiling: