Olimlar Qonli şarşara (Blood Falls) deb nomlangan bir asrlik javobi bölmagan holat yeçimini topişdi. U Antarktidadagi Teylor muzligidan oqib tuşadi. Amerikalik olimlar tomonidan ötkazilgan va Journal of Glaciology’da e'lon qilingan yangi tadqiqot natijalari sizib çiquvçi qizil rangli suv muzlik ostidagi çuqurlikdan kelişi va “yoşi” million yildan ortiq ekanini körsatib berdi.

Şarşara şunisi bilan maşhurki, vaqti-vaqti bilan muzlikdan qizil suv oqa boşlaydi, bu esa uning tarkibida temir moddasi borligi bilan boğliq. Olimlar radar yordamida bu suv manbaini aniqlaşga erişişdi. Şuningdek ma'lum bölişiça, bu suv juda sovuq muzlikda ham suyuq holda saqlanib turişi mumkin, avval esa bu imkonsiz, deb hisoblangan.

«Qançalik ğayritabiiy eşitilmasin, suv muzlaganida öz issiqligini beradi, hamda u örab turuvçi sovuq muzni eritib yuboradi, - deya aniqlik kiritişdi ilmiy izlanma mualliflari. – Teylor muzligi suyuq suv oquvçi eng sovuq joy sanaladi».