2017 yil boşidan Yevropa mamlakatlarida qizamiq tarqalişi sababli 4 mingdan ortiq kişi jabrlandi. Bu haqda “Rospotrebnadzor” matbuot xizmati xabar qilmoqda.
"Yevropa mintaqasi mamlakatlarida 2017 yil boşidan beri qizamiq bilan kasallanişga doir epidemik holat kuzatilmoqda. Jabrlanganlar soni 4000 nafardan oşadi", - deyiladi xabarda.
Xabarga köra, Avstriya, Ruminiya, Bolgariya, Belgiya, Çexiya, Vengriya, Fransiya, Germaniya, Şvetsiya, Italiya, Portugaliya, Islandiya, Ispaniya va Şveytsariya kabi mamlakatlarda uşbu kasallik bilan xastalaniş hollari qayd etilgan. Xususan, Ruminiya va Italiyada jabrlangan soni köproq ekani ta'kidlangan.
Boşqarmaning qayd etişiça, qizamiq tarqalişiga yuqoridagi mamlakatlar aholisining uşbu kasallikka qarşi emlaniş darajasi past ekani sabab bölgan.












