Kubada har yil aprelda "qisqiçbaqalar mavsumi" – erkak va urğoçi qizil krablar birga uçraşadigan, ular migratsiyasining birinçi bosqiçi boşlanadi. Krablar migratsiyasi vaqtida Kubada transport uçun çeklovlar amal qiladi.  Haydovçilar ehtiyotkorlik bilan yurişlariga töğri keladi, çunki ularning maşinalari ğildiraklari ostida yuzlab krablar nobud bölişi mumkin.  

Bu jarayonning yakunlovçi bosqiçi krablarning dengizga kelib, uvulduruq otib, söngra yana örmonga qaytişlari böladi. Minglab qizil, alvon krablar ğorlarni tark etib, şoşmagança dengizga yöl oladilar. Bu tabiat manzarasi har yili minglab sayyohlarni öziga jalb qiladi.