Suriya şimolidagi Afrin kantoni hududida Turkiya armiyasi hamda kurd harbiy bölinmalari örtasida janglar boşlandi. Bu haqda kurdlarning Firat axborot agentligi xabar tarqatdi.

Turkiya armiyasi seşanba kuni kurdlarning artilleriyasi tomonidan öqqa tutilgan. Şundan söng, turklar Rako hududidagi Firfirke qişloğidagi kurdlarning pozitsiyalariga hujumga ötgan. Töqnaşuvlar ayni vaqtda davom etmoqda.

25 aprel kuni Turkiya aviatsiyasi Suriyaning Xaseke viloyatida kurdlarning pozitsiyalariga zarba bergan, natijada Suriya kurdlari özini mudofaa qiliş kuçlari (YPG) taşkilotining (Anqara bu taşkilotni Kurdiston işçilar partiyasining Suriyadagi bölimi sifatida hisoblaydi) 20 nafar jangçisi halok bölgan hamda 18 nafari jarohatlangandi.

Ayni vaqtda YPG jangçilari amerikaliklar bilan hamkorlikda IŞID nazoratidagi Raqqa va Tabka şaharlarini qamal qilib turibdi.

Şuningdek, Iroqning Sinjar tumani hududida Turkiya aviatsiyasi hujumi oqibatida 5 nafar kurd halok bölgan. Keyinroq aniqlanişiça, zarba Kurdiston işçilar partiyasining pozitsiyasiga emas, turklar bilan ittifoq bölgan Kurdiston demokratik partiyasi (peşmerglar) pozitsiyasiga berilgandi.