Ma’lumotlarga köra, Eron 600 mingdan ziyod faol harbiylarga ega. Şundan 420 mingi klassik armiya jangçilari bölsa, 190 mingi Islom inqilobi qöriqçilari korpusining maxsus kuçlaridan iborat.
Şuningdek, Basij deb ataluvçi köngillilardan iborat guruh ham bor: agar safarbarlik e’lon qilinsa, jami qurolli kuçlar safi bir neça millionga yetişi mumkin.
Ehtimoliy hujum qayerdan boşlanişi mumkin?
Eron – Yaqin Şarq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo kesişgan hududda joylaşgan. Agar uruş yanada çuqurlaşib, yangi bosqiçga ötsa, tabiiy savol paydo böladi: Eron hududiga quruqlikdan bosqin qaysi yönalişlardan böladi?
Asosiy variantlar ikkita: yo toğlar orqali şimoldagi kurd hududlaridan, yoki neftga boy janubdagi tekisliklardan.
Şimoldan bosqin – Eron uçun yangilik emas. Mamlakat özining eng yangi tarixida 1980–1988 yillardagi Iroq bosqinidan mudofaa tajribasiga ega.
AQŞ-Isroil yoki proksi guruhlar?
Eron hududi nafaqat geografik jihatdan, balki etnik, harbiy va siyosiy jihatdan ham murakkab. AQŞ-Isroil ana şu murakkablikdan foydalanişga qaror qilişi mumkin.
Harbiy tahlilçilarga köra, eng ehtimoliy ssenariy töğridan töğri armiya bosqini emas, balki Eron içida va uning çegaralarida separatistik ruhdagi turli proksi kuçlar orqali qurolli töqnaşuvlarni keltirib çiqariş mumkin. Ayniqsa, Iroqning Eron bilan çegarasidagi taxminan 8 million atrofida kurdlar muhim rol öynaşi mumkin.
Muhokamalardan xabardor manbalarga köra, kurd qurolli guruhlari Eron xavfsizlik kuçlariga qarşi çegara hududlarida hujumlar boşlaydi, bu esa Eron armiyasining e’tiborini bir neça frontga bölib yuboradi. Natijada mamlakat içida norozilik namoyişlari kuçayişi osonlaşadi.
Lekin 5 mart kuni Iroq Kurdistoni prezidenti Neçirvon Barzoniy öz hududini heç qanday harbiy keskinlikning bir qismi bölmasligini aytib, buni rad etgan. Şunga qaramay, hududda boşqa ayirmaçi kurd jamoalari ham bor. Şu boisdan 28 fevralda AQŞ-Isroil Eronga hujum boşlagaç, inqilob qöriqçilar korpusi köplab nişonlar qatorida Iroq Kurdistoniga ham zarbalar berib turibdi.
Qolaversa, Yaqin Şarqda uyquda bölgan qandaydir radikal guruhlar kutilmagan bayonotlar bilan uyğonib qolişi ham yangilik emas.













