Markaziy razvedka boşqarmasi mamlakat içkarisida rejimga qarşi isyon kötarilişi uçun Erondagi muxolifatçi kurd kuçlarini qurollantiriş ustida işlamoqda. Bu haqda CNN telekanali bir neça manbaga asoslanib xabar tarqatdi.
Suhbatdoşlardan birining sözlariga köra, uşbu ğoya kurd qurolli kuçlari Eron xavfsizlik kuçlari bilan jangga kirişişi va ularni öziga jalb etib, yirik şaharlardagi oddiy aholining namoyişlarga çiqişini osonlaştirişini közda tutadi.
Amerikalik boşqa bir mulozim esa kurdlar mintaqada tartibsizlik keltirib çiqarişga va Eron rejimining harbiy resurslari maksimal darajada soçilişiga yordam berişi mumkin. Yana bir ğoyaga köra, kurdlar Eron şimoliy qismidagi hududni egallaşi va Isroil uçun bufer zona yaratişi mumkin böladi.
Eron kurdlari vakilining sözlariga köra, 3 mart kuni Donald Tramp Eron Kurdistoni Demokratik partiyasi prezidenti Mustafo Hijriy bilan boğlangan. Tramp ma’muriyati Iroq kurdlari bilan ham muhokama olib bormoqda. Erondagi kurdlarni qurollantirişga bölgan har qanday uriniş Iroq kurdlari qurol-yaroğ tranzitiga va Iroq Kurdistonidan platsdarm sifatida foydalanişga ruxsat berişini talab qiladi, deb tuşuntiradi CNN.
Kurdlar yaqin kunlarda operatsiyada iştirok etişi kutilmoqda, degan Erondagi yuqori martabali manba. «Hozir bizda katta imkoniyat borligiga işonamiz», – degan CNN suhbatdoşi va kurd köngillilari AQŞ va Isroilning qöllab-quvvatlaşiga umid qilayotganini qöşimça qilgan.
Eron kurdlarining qurollangan guruhlari Iroq bilan çegara hududida harakatlanuvçi minglab jangçilarga ega, deb yozadi CNN. Uruş boşlangaç, bu guruhlarning ba’zilari Eron harbiylarini öz tomoniga ötişga çaqirib, bayonot bergan. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi esa uşbu guruhlar böylab zarbalar yöllamoqda.














