AQŞning Uber transport kompaniyasi uçar avtomobillar va ularning şahar şaroitida vertikal uçişi va qönişi uçun infratuzilma yaratmoqçi. Bu haqda USA Today naşri xabar bermoqda. Bunday maşinaning işçi prototipini 2020 yilgaça yaratiş va Dubaydagi Butunjahon körgazmasida namoyiş qiliş rejalaştirilmoqda.
"Şahar aviatsiyasi Uber uçun mantiqiy keyingi qadamdir. Aynan şuning uçun biz "Tugmani bos va parvoz qil" deb ifodalaş mumkin bölgan ğoyani amalga oşirişga intilmoqdamiz", deb aytdi kompaniyaning yangi mahsulotlarini yaratiş dasturi rahbari Jyeff Xolden Dallasda oçilgan Elevate Summit anjumanida.
NBC telekompaniyasi şu munosabat bilan Uber bu loyihani amalga oşirişda 5 ta avtomobilsozlik kompaniyasi, jumladan Braziliyaning Embraer va AQŞning Bell Helicopters kompaniyalari hamda Dallas va Dubay şahri rahbariyatlari bilan hamkorlik qilişini ta'kidlab ötdi.
Ayni vaqtda bir neçta kompaniya – Vahana nomli maşinani yaratayotgan Airbus Group aerokosmik gigantidan tortib Slovakiyaning AeroMobil Flying Car startapigaça uçar avtomobillar konsepsiyasi ustida iş olib bormoqda. Slovak startapi yaratgan uçar avtomobil ötgan hafta Monakoda namoyiş qilingandi va 5 örindiqli maşina uçun buyurtmalar olişga tayyorligini e'lon qilgandi. Bu maşinaning narxi 2020 yilda yetkazib berilişi boşlangandan keyin 1,3 mln dollardan 1,6 mln dollargaçani taşkil qilişi mumkin.
Körgazmada namoyiş qilingan yana bir uçar avtomobil – Niderlandiyada yaratilgan uç ğildirakli PAL-V qurilmasi bölib, u "sertifikatlaş jarayonidan ötgan ilk tijoriy uçar maşina" sifatida reklama qilinmoqda. Bu maşina 180 km/soat tezlik bilan parvoz qila oladi va narxi 400-600 ming dollar turadi.
Telekompaniyaning ta'kidlaşiça, bu loyihalarning barçasidagi "minus" jihat şundan iboratki, uçar maşinalar haydovçilari oddiy haydovçilik guvohnomalaridan taşqari uçuvçi litsenziyasini ham olişlariga töğri keladi.












