Xitoy janubidagi Guanjou şahrida uçar avtomobillarni ommaviy işlab çiqariş böyiça dunyodagi birinçi korxona qurilişi boşlandi, deb xabar bermoqda “Sinhua” axborot agentligi Xpeng Aeroht kompaniyasiga tayanib.
Birinçi bosqiçda zavodda “Quruqlikdagi aviataşuvçi” avtomobili uçun modullar işlab çiqariladi. Bu model sentabr oyida özining ilk parvozini amalga oşirgandi. Xabarga köra, mazkur avtomobilning dastlabki savdolari 2024 yil oxirida boşlanadi.
Loyihaning işlab çiqariş quvvati yiliga 10 ming donagaça bölişi rejalaştirilmoqda.
Uçar avtomobillarni işlab çiqariş bilan faqat Xitoy şuğullanmayapti. 2024 yil mart oyida Hindistonning ePlan kompaniyasi uçar taksi prototipini sinovdan ötkaziş rejalari haqida xabar bergandi. Kompaniya asosçisi Satya Çakravartining sözlariga köra, prototip şahar şaroitida foydalaniş mumkin bölgan ixçam uçiş apparati hisoblanadi.
Şuningdek, Amerikaning ixçam samolyotlar işlab çiqaruvçi Joby Aviation kompaniyasi 2025 yil oxirigaça Nyu-York va Los Anjyelesda “havo taksisi”ni işga tuşirişni rejalaştiryapti.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, sayohat narxi Uber Black tarifi darajasida böladi – taxminan 100−200 dollar. Keyinçalik bu Uber XL tarifi narxlariga tuşişi mumkin – 50-100 dollar.
















