"Döst va birodar Özbekiston - taraqqiyot beşigi, boy ma'naviy va madaniy merosga ega yurt. Strategik joylaşuviga köra, Özbekiston mintaqadagi barqarorlik manbai hisoblanadi", - dedi Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan keçgan uçraşuvda. "Anadolu" agentligi şu haqida xabar berdi.
Çovuşöğli Anqaraning Toşkent bilan munosabatlari rivojidan manfaatdor ekani hamda ikki tomon özaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan munosabatlarni mustahkamlaşi zarurligini ta'kidladi.
Uning sözlariga köra, ikki mamlakat TIVning siyosiy maslahatlaşuvlari sakkizinçi raundi doirasida Özbekiston va Turkiya örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, harbiy-texnika, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uçraşuvda tomonlar kun tartibidagi dolzarb muammolarni körib çiqişdi.
Muzokaralar yakuniga köra, ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida 2017-2018 yillar uçun Hamkorlik dasturi imzolandi.












