27 aprel kuni Yaponiya boş vaziri ikki kunlik taşrif bilan Rossiyaga kelmoqda. Muzokaralarning asosiy mavzusi Kuril orollarini birgalikda iqtisodiy özlaştiriş böladi. Taşrif dasturiga muvofiq, Abe Moskva va Sankt-Peterburg şaharlariga taşrif buyurişi kutilmoqda.
Moskva şahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe muzokaralar ötkazadi. Ikki davlat yetakçilari Kurilni özlaştiriş mavzusini davom ettiradi. Moskva buni tinçlik şartnomasini imzolaş yölidagi qadam deb hisoblaydi. Kun tartibida, şuningdek, yana bir muhim mavzu KXDR yadro muammosi ham bölişi mumkin. Tokio Koreya yarim orolidagi xavfsizlik muammolarini hal etişda Moskvaning faol iştirok etişini kutmoqda.
Tomonlar Rossiya rahbarining 2016 yil 15-16 dekabrdagi Yaponiyaga taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarning hayotga tatbiq etilişi masalasini muhokama qilişadi, deyiladi Kreml ma'muriyati saytida. Sindzo Abe yana bir marta Kuril orollari bilan boğliq köp yillik tortişuvda olğa siljişga erişişni qasd qilgan.
Oliy darajadagi muzokaralar çoğida Kurilning janubiy orollarini birgalikda iqtisodiy rivojlantiriş masalalari atrofliça örganiladi. Yaponiya Kuril orollarining Xamobai, Iturup, Kunaşir va Şikotan orollarini öziga tegişli deb hisoblaydi.
Uşbu orollarni Ikkinçi jahon uruşi yakunlariga köra qölga kiritgan Rossiya esa, bu orollarning qaytarilişiga doir masala umuman muhokama qilinmasligini ta'kidlab keladi.
Yaponiya uşbu orollarni iqtisodiy özlaştiriş borasida 30dan ortiq sohada hamkorlik qilişni taklif etayotgan bölsa, öz navbatida, Rossiya baliqçilik, turarjoylarni quriş va ta'mirlaşda hamkorlikni ilgari surmoqda. Bundan taşqari, tomonlar Kuril orollarining geoenergetika salohiyati va baliq konservalaş yönalişlarida hamkorlik istiqbollarini körib çiqişadi.
Sindzo Abe Rossiyadan söng Londonga yöl oladi. Bu haqda Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi. Bu Abening Tereza Mey Buyuk Britaniya boş vaziri lavozimiga kelganidan keyingi ilk taşrifi böladi.












